9-aprel, payshanba kuni, AOKA shtabida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingda fuqarolar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan ko‘tarilgan muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi. Xususan, qat’iy rejimdagi karantin yana qancha vaqt davom etishi so‘raldi.

“Karantin O‘zbekistonda epidemiologik vaziyat normallashguncha davom etadi”, — deya javob bergan Nurmat Otabekov.