O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi tufayli budjetni qo‘llab-quvvatlash uchun Osiyo taraqqiyot bankidan 1 mlrd dollargacha miqdorda mablag‘ ajratishni so‘radi. OTB prezidenti O‘zbekiston bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umurzoqovga videokonferensiya orqali ushbu jarayonni tezlashtirishini ma’lum qildi.

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga koronavirus pandemiyasi bilan kurashish va uning iqtisodiy oqibatlarini kamaytirishga yordam ko‘rsatadi.

Investitsiya va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar qilishicha, O‘zbekiston hukumati koronavirus pandemiyasi tufayli budjetni qo‘llab-quvvatlash uchun Osiyo taraqqiyot bankidan 1 milliard dollargacha mablag‘ ajratishni so‘radi.

1 aprel kuni O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari — Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov videokonferensiya formatida Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Masatsugu Asakava bilan O‘zbekistonda koronavirus tarqalishidan aholini himoyalash va global pandemiyaning mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlariga ta’sirini yumshatish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar hamda mazkur masalalarda OTBning O‘zbekistonga ko‘rsata oladigan yordami mexanizmlarini muhokama qildi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, suhbat chog‘ida OTB prezidenti ushbu o‘ta og‘ir paytda O‘zbekistonni Covid-19’ga qarshi kurashishga mablag‘ jalb qilish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiyotning barqaror ishlashini ta’minlash orqali har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini ta’kidladi.

U OTB O‘zbekistonning virus tarqalishi bilan bog‘liq tibbiy ehtiyojlari uchun 200 ming AQSh dollariga teng miqdorida grant ajratilishini ma’qullagan.

«Bank tomonidan, Respublika sog‘liqni saqlash tizimini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish istiqbollari ko‘rib chiqilmoqda.

Bundan tashqari, yaqin kunlarda bank rahbariyati tomonidan va pandemiyada sharoitida O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishini rag‘batlantirish va barqarorligini ta’minlash uchun qo‘shimcha moliyaviy resurslarni ajratish masalasini ko‘rib chiqiladi.

OTBning O‘zbekistonga 1 milliard AQSh dollarigacha budjet mablag‘larini ajratish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqish masalasi alohida muhokama qilindi. M.Asakava ushbu masalani hal qilish uchun bankda alohida guruh tuzgani va ushbu masalani ma’qullash va moliyaviy yordam mablag‘larini ajratish jarayonlarini tezlashtirish uchun barcha sa’y-harakatlar amalga oshirilishini ma’lum qildi», deyiladi xabarda.