Afrika sog’liqni saqlash bo’yicha rasmiy vakili, tibbiyot asbob-uskunalari bilan ta’minlangan, o’ziga to’q davlatlarga murojaat bilan chiqdi.

U, koronavirus Afrikaga tarqaladigan bo’lsa, butun dunyo xavf ostida qolishi mumkinligidan ogohlantirdi.
“Biz bu holatga bee’tibor bo’la olmaymiz” dedi bugun bo’lib o’tgan brifingda Afrika Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika qilish markazi direktori Jon Nkegasong.

“Balki boshqa davlatlar Covid-19 ni o’z davlatlarida nazorat qila olishar, lekin Afrikada emas” deydi Nkeganson.

Afrika mamlakatlari koronavirusni aniqlovchi sinov to’plamlari, shuningdek, nafas olishda qiynaladigan bemorlar uchun sun’iy nafas oldirish moslamalari va tibbiyot xodimlari uchun yetarli himoya vositalari uchun boy mamlakatlar bilan raqobatlashishga majbur bo’lmoqda.

Uning fikriga ko’ra, qit’a kelajagi bu masalaning qanday hal etilishiga bog’liq bo’lib qolmoqda. Hozirgi kunda qit’ada 11 000 dan ortiq kasallanganlar bor va bu ko’rsatkich yanada ortishi mumkin.