Afrikada koronavirusga chalingan bemorlar soni 22500 kishidan oshdi, kasallik oqibatida 1100 nafardan ortiq odam vafot etgan. Bu haqda Afrika kasalliklar nazorati va profilaktikasi markaziga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Tashkilotning ma’lumotlariga ko‘ra, 20-aprel holatiga bo‘yicha Afrika ittifoqi tarkibiga kiruvchi 55 ta davlatning 52 tasida kasallikni yuqtirib olish bilan bog‘liq 22513 ta holat qayd etilgan, 1126 kishi kasallik qurboniga aylangan, 5534 kishi kasallikdan tuzalishga muvaffaq bo‘lgan.

Koronavirus eng ko‘p qayd etilgan davlatlar qatoridan JAR (3158 kishi), Misr (3144 kishi), Marokash (2990 kishi), Jazoir (2619 kishi) va Kamerun (1016 kishi) o‘rin olgan.

Ma’lum qilinishicha, Afrikaning uchta davlati — Lesoto, G‘arbiy Sahroi Kabir va Komor orollarida haligacha koronavirus qayd etilmagan.