AQShning Nyu-York shtati Nort-Tonavanda shahrida yashovchi ayol 100 yoshga to‘ldi. U uzoq umr ko‘rish sirini oshkor qildi, deb yozadi Ken-Ton Bee mahalliy nashri.

100 yoshli Lenor Kerrolning so‘zlariga ko‘ra, qanday qilib bu yoshga kirib qolganidan uning o‘zi ham hayratda.

Ayol saratonni boshdan kechirgan hamda so‘nggi paytlarda qariyalar uyida yashab kelayotgan edi. U turli o‘yinlar o‘ynashni hamda yangiliklarni kuzatishni yaxshi ko‘radi.

Kerrolning aytishicha, uning uzoq umr ko‘rishiga yaqinlariga bo‘lgan mehr-muhabbati sabab bo‘lgan.

U o‘z vaqtida shahardagi birinchi qon tahlil markaziga asos solgan, grippga qarshi emlash jarayonlariga ko‘mak bergan, eri bilan turli paradlarga figuralar yasagan, kam ta’minlanganlarga bepul ovqatlar yetkazib bergan hamda turli xayriya tadbirlarini tashkillashtirgan edi.