Xalqaro reyslarning qariyb 90 foizi bekor qilingan boʻlsa-da, aviakompaniyalar ushbu oydan boshlab asta-sekin havo qatnovlarini tiklashga umid qilmoqdalar.

AQShning koʻplab yirik aviakompaniyalari yoʻlovchilar hamda kema ekipaji aʼzolari uchun sogʻliq va xavfsizlikka oid yangi qoidalarni taklif qilmoqdalar.

Dunyo boʻylab boshqa aviakompaniyalar ham parvozni qayta boshlashda majburiy maska rejimini joriy etishlarini aytib oʻtishdi.

Dushanba kunidan boshlab AQShning Delta aviakompaniyasi yoʻlovchilar parvoz uchun roʻyxatdan oʻtish joyida, premium salonlarida, bort eshiklari yonida va samolyot bortida niqob taqishlari talab qilinadi.

American Airlines va United Airlines aviakompaniyalari ham kema ekipaji bilan birga yoʻlovchilardan ham yuz niqoblarini taqishlarini talab qilishlarini aytib oʻtganlar. Aviakompaniyalarning aytishicha, bu vaqtinchalik choralar, chunki ular parvozlarni asta-sekin qayta boshlaydilar.

“Biz mijozlarimiz parvoz chogʻida oʻzlarini xotirjam his etishlari va parvozdan maroqlanishlari uchun barcha choralarni koʻrmoqdamiz shu bilan bir qatorda oʻz tajribamizni oshirib bormoqdamiz” — dedi American Airlines vakili Kurt Stach.

“Parvoz mobaynida yuzni niqoblar bilan himoyalash barcha yoʻlovchilar uchun majburiydir va biz yoʻlovchilarga niqoblarni bepul beramiz”, dedi United Airlines vakili Maddi King.

Ammo hamma aviakompaniyalar ham yoʻlovchilarni niqob kiyishlarini talab qilishmadi. Masalan, Avstraliya aeroportlarida niqob kiyish shart emas. Hukumat tomonidan cheklovlar olib tashlanganidan keyin parvozlar uchun qanday choralar koʻrilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilinmadi.

Avstraliyaning bosh tibbiy xodimi koʻrsatmalariga asosan Avstraliyaning milliy aviakompaniyasi oʻz veb-saytida shunday dedi: “Samolyot bortida koronavirus bilan kasallanish xavfi kam deb hisoblanmoqda, lekin parvozlar davomida oraliq masofa saqlash talab etiladi”.

Shuningdek, aviakompaniyalar bortida koronavirus tarqalishining oldini olishga yordam beradigan bir qator xavfsizlik choralarini koʻrmoqda. Bu vaqtinchalik choralar boʻladimi yoki uzoq vaqtmi, aniq emas.

Koʻp ishlatiladigan joylarni zararsizlantirish uchun parvoz oldidan asosiy tozalash choralari keng qoʻllanilmoqda va parvozlarda odatdagidan kamroq yoʻlovchi tashish koʻzda tutilmoqda.

Shuningdek, yoʻlovchilar oʻzlari bilan ovqatlari va ichimliklarini olishlari tavsiya etiladi.