Bangladesh politsiyasi shafqatsiz suiqasddan deyarli 45 yil o’tgach, mamlakat mustaqilligi rahbari shayx Mujibur Rahmonning qotilini hibsga oldi.

Sobiq harbiy kapitan Abdul Majed poytaxt Dakada hibsga olingan. Uning qo’lga olinishi Bangladesh uchun “eng katta sovg’a” bo’lganini ta’kidlamoqda Asaduzzamon Xon.

Majed qotillikka aloqadorligini ochiqchasiga oshkor qilgan va ko’p yil mobaynida Hindistonda yashirinib yurgan. Uning Bangladeshga qachon yoki qanday qaytgani noma’lum.

U o’nlab sudlanuvchilardan biri bo’lib, 2009-yilda o’limga hukm qilingan edi. 1998-yilda sud mahkamasi shayx Mujib va uning oilasining o’limida ishtirok etganlikda ayblab bir guruh armiya amaldorlarini o’limga hukm qilgan.

Ma’lumot o’rnida, Bangladesh 1971-yilda Pokistonga qarshi to’qqiz oylik urushdan keyin mustaqil bo’ldi. Mujib, Bangladesh Pokistondan ozod etilgandan so’ng, 1972 yil yanvar oyida birinchi bosh vazir bo’lgan.

Shahlo Hazratqulova