Braziliyaning Natal shahrida koronavirus infeksiyasi bilan tug‘ilgan 4 kunlik chaqaloq vafot etdi. Bu haqda mahalliy sog‘liqni saqlash departamentiga iqtibosan Globo1 portali xabar qildi.

Chaqaloq vaqtidan oldin, 30 haftaligida tug‘ilgan. Chaqaloqni intensiv terapiya bo‘limiga o‘tkazishgan, uning nafas olishida muammolar bo‘lgan.

Tahlillarga ko‘ra, chaqaloqda COVID-19 aniqlangan. Uning tug‘ilgandan so‘ng yoki oldin yuqtirgani hali aniqlanmadi.

Uning onasida gipertoniya, qandli diabet aniqlangan. Koronavirusga topshirgan testi natijasi kutilmoqda.

Braziliya sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 15927 kishini tashkil etmoqda. 800 kishi vafot etgan.