COVID-19 koronavirusi keltirib chiqargan kasallik oqibatida vafot etganlar soni 50 nafardan oshib ketdi. Bu haqda infeksiyaga qarshi kurashish tezkor federal shtabiga tayanib, “RBK” xabar qilgan.

6-aprel tonggi holatiga ko‘ra, koronavirusdan vafot etganlar soni 47 nafarni tashkil qilgan. Ammo keyinchalik Moskva viloyati hukumati bir sutka ichida koronavirus bilan kasallangan 7 nafar bemorning vafot etgani haqida xabar qildi.

Shuningdek, Buryatiya hokimligi koronavirusga topshirgan tahlili ijobiy natija ko‘rsatgan 73 yoshli bemor ayolning vafot etganini tasdiqlagan.

“Ming afsuski, bizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlardan biri vafot etdi. Bu birinchi o‘lim holati. Ikkiyoqlama pnevmoniya 2-tipdagi qandli diabet, arterial gipertoniya, avval kuzatilgan insult bemorni hayotdan olib ketdi”, — deyiladi Buryatiya hokimligining axborotida.

Irkutsk viloyatida ham bir nafar bemorning koronavirus infeksiyasi keltirib chiqargan kasallik oqibatida vafot etgani xabar qilingan.

“Bugun viloyat yuqumli kasalliklar kasalxonasida rasman koronavirusga chalingani ma’lum qilingan bemor vafot etdi. Erkak 62 yoshda edi. 6-aprel soat 14:00 holatiga ko‘ra, Irkutsk viloyatida koronavirus yuqtirib olish bo‘yicha 13 ta holat ro‘yxatga olingan, bir nafar bemorning tahlillarida shubha mavjud, yana to‘rt nafar bemordagi shubhali natijalarda tashxis o‘z tasdig‘ini topmagan”, — deyiladi Irkutsk viloyati hokimligining xabarida.