Koronavirusga chalingan Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson davolanish muolajalaridan so‘ng 12-aprel, yakshanba kuni, kasalxonadan chiqdi. Bu haqda Sky News xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bosh vazir kasalxonadan chiqqaniga qaramay hali ishga kirishmaydi va uyda davolanishni davom ettiradi.

Kasalxonadan chiqqanidan so‘ng Jonson o‘zining Twitter’idagi sahifasiga videomurojaat joylagan bo‘lib, unda Britaniya Milliy sog‘liqni saqlash tizimi xodimlariga minnatdorchilik birdirgan.

Boris Jonson tuzalguniga qadar hukumatni tashqi ishlar vaziri Dominik Raab vaqtinchalik boshqarib turibdi.