Fashionista nashrining xabar berishicha, VOGUE jurnali o’zining 10-aprelda ommaga taqdim etilishi kutilgan sonining ustki qoplamasini seshanba kuni o’z instagram sahifasida e’lon qildi. Ammo muqovada biror model yoki taniqli shaxs o’rniga, hech kim yo’q edi. Muqova bo’sh oppoq qog’oz ko’rinishida e’lon qilindi.

“O’zining asrdan ortiq bo’lgan tarixi davomida Vogue ko’plab urushlar, inqirozlar hamda terroristik aktlar guvohi bo’ldi. Bunday vaziyatda biz ana’naga sodiq qolishimiz kerak” – deb ta’kidlamoqda muharrir Emanuel Farneti.

“Yana biror narsa haqida aytadigan bo’lsam – odamlar o’layotgan, doktor va hamshiralar dunyo uchun kurashayotgan, dunyo esa butunlay o’zgarib ketayotgan bir paytda – o’z ishimizda davom etish bizga to’g’ri kelmas edi” – deya so’zini yakunladi Farneti.

Oq muqova juda ko’p ma’nolarni anglata oladi – ‘hurmat’, ‘tungi qorong’ulikdan so’ng yorug’likning qayta tug’ilishi’ hamda doktorlarning uniformasi ma’nolarini anglatmoqda. Bundan tashqari bo’sh blanka qog’ozga qarab biroz o’ylanib olishga undaydi.

“Hammasidan aniqrog’i esa, hamma kutayotgan va sodir bo’lishi muqarrar bo’lgan yangi dunyo kelajagi yozilishi uchun bo’sh qog’oz chiqarildi” – deb ta’kidlagan muharrir Farneti.

Avvalroq esa, Italiyaning boshqa nashrlari ham huddi shu ko’rinishda yoki o’zgacha kreativ uslubda e’lon qilinayotganini aytishgan edi.

Abbazov Abdulaziz, Sirena