Koronavirus infeksiyasi avjiga chiqqan bir davrda Kashmirdagi Hindiston va Pokiston qo’shinlari orasidagi baxsli to’qnashuvlar davom etmoqda.

Hindiston armiyasining Reuters agentligiga taqdim etgan ma’lumotlarga ko’ra, mart oyida Pokiston armiyasi tomonidan sulh qoidasi 411 marta buzilgan. Bu esa, 2018-yildan beri qayd etilgan eng yuqori ko’rsatkichdir.

Taqqoslash uchun, 2019-yil mart oyida Hindiston armiyasi 267 ta qonunbuzarlikni qayd etgan.

Kashmir azaldan ikki tomon o’rtasida nizoli hudud bo’lib kelgan, ammo o’tgan yil avgust oyida Dehli uning muhtoriyatini bekor qilganidan so’ng keskinliklar kuchaygan edi.

Ikkala mamlakat ham mintaqaga to’liq da’vo qilmoqda, ammo hozircha uning faqat bir qisminigina boshqarishadi