Maʼlumotlarga koʻra, koronavirus shaharda birinchi bemor qayd etilishidan bir necha hafta avval, fevral oyi oʻrtalarida tarqalishni boshlagan.

Nyu-Yorkdagi Ikan tibbiyot maktabi genetigi Xarm van Bakel ayni vaqtda epidemiya oʻchogʻi boʻlgan Nyu-York shahriga koronavirusning qanday kirib kelgani haqida xabar qildi. Uning soʻzlariga koʻra, koronavirus bilan kasallanish holatlarining aksariyat qismida virus hududga Osiyodan emas, Yevropadan kirib kelgan.

Maʼlumotlarga koʻra, koronavirus shaharda birinchi bemor qayd etilishidan bir necha hafta avval, fevral oyi oʻrtalarida tarqalishni boshlagan.

Nyu-York universiteti qoshidagi Grossman tibbiyot maktabi ekspertlari ham aynan shu kabi xulosani taqdim qilganlar. Tadqiqotchilarning har ikki guruhi ham mart oyi oʻrtalaridan boshlab koronavirus genomlarini tahlil qilish bilan mashgʻul boʻlganlar.

Maʼlumot uchun, ayni vaqtda AQShda koronavirus bemorlari soni 432 132 nafarga yetgan, 14 817 nafar inson esa kasallik tufayli olamdan koʻz yumgan.