Turkiyada Koronavirus bilan kasallanish holatlari eng tez o’sib bormoqda. Kasallanganlar soni kuniga 3000 dan oshib, bir oy oldingi birinchi holat aniqlangandan beri 30217 taga yetdi.
O’lim holatining ancha pastligiga qaramay (o’lim holati 649 ta), Turkiya infeksiya bilan zararlanish bo’yicha oldingi o’rinlarda turibdi.

Prezident Rajab Toyyib Erdo’g’on, shifokor va muxolofotchi siyotchilarning xalqni “Ishlashni to’xtating. Uyda qoling.” deya ogohlantirishlariga qaramay normal ishlarni davom ettirish kerak ekanligini ta’kidlamoqda.

Turkiya, 2018-yilgi valyuta inqirozidan tiklanganicha yo’q. Bu esa, ayni vaqtda iqtisodchi va siyosatchilarni koronavirus keltirib chiqarishi muqarrar bo’lgan inqiroz oqibatlaridan tashvishlantirmoqda.

Hukumatning virusga qarshi kurash chora-tadbirlari xalqaro reyslar to’xtatilishi; shaharlararo sayohatlar, jamoat yig’ilishlari va jamoat namozlarining taqiqlanishi; maktablar va ko’plab do’konlarning yopilishini o’z ichiga oladi.

20 yoshdan 65 yoshgacha bo’lgan odamlar komendantlik soatlariga duch kelmoqdalar, qo’shni Suriyada esa pandemiya tufayli urush harakatlari cheklangan. Dushanba kunidan boshlab Erdog’an, dorixonalarda niqob sotish taqiqlanganligini va buning o’rniga maskalar uy xo’jaliklariga bepul tarqatilishini aytdi. Endi ulardan jamoat transporti, do’konlar va jamoat joylarida foydalanish majburiydir.

Prezident, shuningdek, Istanbulda har biri 1000 koykali ikkita dala kasalxonasi 45 kun ichida, biri eski Otaturk aeroporti va ikkinchisi esa shaharning Osiyo qismida joylashgan Sanjaktepada qurilib, faoliyat ko’rsatishiga va’da berdi.

Ta’kidlash joizki, mamlakat miqyosida Covid-19 bilan zararlanishning 60 foizi, 17 millionga yaqin aholi istiqomat qiladigan Turkiyaning madaniy va iqtisodiy markazi Istanbul shahriga to’g’ri kelmoqda.