U2 rok-guruhi Irlandiyada koronavirusga qarshi kurashayotgan tibbiyot xodimlarini qo’llab-quvvatlash uchun 10 million yevro xayriya qildi.

Bu pullar, shifokorlar uchun tibbiyot anjomlari va shaxsiy himoya vositalari sotib olishga sarflanadi.

RTE xabar berishicha, ushbu xayriya Irlandiyaning Avolon aviakompaniyasi jalb qilgan tashabbusning bir qismi bo’lib, u davlat va xususiy kompaniyalar bilan hamkorlikda Xitoydan uskunalar va himoya vositalari sotib olish uchun xizmat qiladi.

Shahlo Hazratqulova