Ay Fen o’z intervyusida Xitoyni dunyoga yaqinlashib kelayotgan xavfdan boshqalarni ogoh qilishga shifokorlarga imkon bermagani haqida aytgandi.

Uning hamkasblaridan toʻrt nafari epidemiya bilan kurashish vaqtida kasallikni yuqtirib olishgan va dunyodan koʻz yumishgan. Ular orasida CoViD-19 haqida aytib berishga uringan, keyinchalik yolgʻon maʼlumot tarqatishda ayblangan shifokor Li Venlyan ham boʻlgan.

“Agar nimalar sodir boʻlishini bilganimda, bu tanbehga eʼtibor ham qilmasdim. Barchasi haqida har kimga va har yerda aytgan boʻlardim” degan edi Ay Fen.

Ushbu intervyu eʼlon qilinganidan keyin shifokor sirli tarzda gʻoyib boʻlgan. Uning Weibo ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasi orqali esa gʻalati xabar qoldirilgan: “Daryo. Koʻprik. Yoʻl. Soatlar bongi”.

Koʻplab internet foydalanuvchilari shifokorning hukumat vakillari tomonidan qoʻlga olinganini tahmin qilmoqdalar.