Xitoy koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar biroz ko’payganligi haqida xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, ketma-ket ikki kun davomida koronavirus bilan kasallanishning yangi holatlari biroz ko’paygan, chunki chet eldan qaytayotganlar hisobiga ularning soni ortib bormoqda.

Milliy sog’liqni saqlash komissiyasining ma’lum qilishicha bugun, 9-aprel kuni, Xitoyda 63 ta yangi kasallik holati qayd etilgan. Ularning 61 nafari chet eldan kelgan sayohatchilarda aniqlangan. Shundan so’ng, Xitoyda tasdiqlangan holatlarning umumiy soni 81 865 taga yetgan.

Fevral oyida Xitoy bir necha shaharlarni berkitib qatnovlarga qat’iy cheklovlar o’rnatganidan so’ng, infeksiya to’lqini pasaygan edi. Rasmiylar infeksiyasining ikkinchi to’lqini xavfi ostida hushyorlikni davom ettirishga chaqirdilar.