Yevropa ittifoqi koronavirusga qarshi kurashish uchun Afg’onistonga 117 mln yevro ajratdi. Ayni vaqtga kelib virus bilan zararlanish holati 600 taga yetgan, deya xabar qilmoqda Akhtar Muhammad Makoyi.

Bugun, 12-apreldan boshlab, poytaxt Kobulga olib boradigan barcha yo’llar yopilib, olti millionga yaqin odam yashaydigan shaharda harakatlanish cheklovlari kuchaytirildi. So’ngi 24 soat ichida Afg’onistonda Covid-19 bilan kasallanishning 45 ta yangi holati qayd etildi. Ulardan 28 tasi Kobulga va sakkiztasi Qandahorga to’g’ri kelmoqda.

Yevropa Ittifoqi Afg’onistonga pandemiya “jiddiy ta’sir ko’rsatishi” mumkinligini tan oldi, chunki mamlakatda sog’liqni saqlash tizimi yillar davomidagi urushlar natijasida zaiflashgan, tibbiy resurslar kam, butun mamlakatga yetmaydi.

Afg’onistonda hozirgacha koronavirusdan 18 kishi vafot etgan, tuzalganlar soni esa 37 tani tashkil etmoqda. So’ngi kunlarda afg’on muhojirlari Pokistonga qaytib kelgani sababli Qandahorda vaziyat qaltis tus olib bormoqda.