Keksa odamlarni koronavirusdan himoya qilish maqsadida ularni yil oxiriga qadar izolyatsiyada saqlash kerak, dedi Yevropa ittifoqi rahbari Ursula fon der Leyen Germaniya Bild nashriga bergan intervyusida.

“Vaksinaga qadar, biz qariyalar bilan aloqani imkon qadar cheklashimiz kerak. Bilaman, bu qiyin. Ammo bu hayot yoki o’lim masalasi. Shunday ekan, bizdan intizomli bo’lishimiz talab etiladi”, deydi u.

Uning so’zlariga ko’ra, Yevropa yil oxiriga qadar vaksina ishlab chiqadi. Ayni damda, odamlarni imkon qadar tez vaksina bilan ta’minlash maqsadida hukumat ishlab chiqaruvchilar bilan vaksinani dunyo miqyosida ishlab chiqarishga tayyorgarlik to’g’risida muzokaralar olib bormoqda.