Olimlar bu holatga “Xira shisha effekti” deya nom berganlar.

Olimlar koronavirus bilan kasallangan va ushbu xastalikni hech bir belgilarsiz boshdan kechirgan bemorlarda oʻpka sohasida asoratlar saqlanib qolinishini maʼlum qildilar.

Yapon olimlari tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotlar davomida Diamond Princess laynerida kasallikni yuqtirib olgan 104 nafar bemor natijalari tahlil qilingan. Ularning 76 nafari (73%) kasallikni hech bir belgisiz oʻtkazgan, ammo oʻpka sohasida maʼlum oʻzgarishlar aniqlangan. Olimlar bu holatga “Xira shisha effekti” deya nom berganlar.

“Xira shisha – rentgenologik atama boʻlib, bu tashxis emas, suratdir. Suratda oʻpkalar tuman ichida turgandek tasavvur uygʻotadi. Oʻpkaning xiralashib qolgan qismi – yalligʻlanish belgisi hisoblanadi” deydi shifokor Aleksandr Palman.