Xitoyda koronavirusga qarshi yaxshi natijalarni ko‘rsatgan «Favipiravir» dorisining sinov partiyasi bir hafta ichida Rossiya bozorida paydo bo‘ladi.

Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondi (RDIF) rahbari Kirill Dmitriyev Birinchi kanalga bergan intervyusida infeksiyaga qarshi kurash uchun boshqa vositalarga ham sarmoya kiritish rejalashtirilayotganini aytdi.

Avvalroq, fond «Favipiravira» ishlab chiqaradigan korxona tashkil qilishini ma’lum qilgan edi. Dori Yaponiyada ishlab chiqilgan va 2014 yilda sotuvga qo‘yilgan.

RDIFning ta’kidlanishicha, Xitoy biotexnologiyalarni rivojlantirish milliy markazi koronavirusning klinik sinovlariga qarshi preparatning samaradorligini isbotladi.

Ta’kidlanishicha, ushbu vosita koronavirusning tanada qolishi vaqtini 11 kundan to‘rt kungacha pasayishini ko‘rsatdi. Jabrlangan o‘pkaning holati ham yaxshilandi.