Koronavirus yarim milliard odamning qashshoqlashuviga olib kelishi mumkin, deya xabar bermoqda Oxfam(Oxford Committee for Famine Relief).

Tashkilotning ta’kidlashicha, Covid-19 pandemiyasidan iqtisodiy tanazzulga uchragan kambag’al davlatlarga zudlik bilan yordam qo’li cho’zilmasa, oqibatda yarim milliarddan ortiq odam qashshoqlikka duch kelishi mumkin.

Shuningdek, tashkilot Covid-19 pandemiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida iqtisodiyotning yopib qo’yilishi, butun dunyoni ayniqsa, Shimoliy Afrika va O’rta Sharq davlatlarini katta xavf ostida qoldirishi mumkinligidan ogohlantirdi.