Tibbiyot fanlari doktori, professor Igor Gundarov kelgusida COVID-19dan xavfliroq infeksiya paydo boʻlishi mumkin deb aytdi. Hozirgi pandemiya bartaraf etilgandan soʻng koronavirusdan xavfliroq virus paydo boʻlishi mumkin.

“Xususan, koronavirus grippdan ham kuchliroq boʻlib chiqdi. Keyingi kasallik yana-da tajovuzkor boʻlishi mumkin. Inson sogʻliqni saqlash yutuqlari tufayli deyarli gripp yoʻq boʻldi. Uning oʻrniga koronavirus shtammi koʻpaydi. Etik bilan bir virusni bosib, uning oʻrnida boshqa virusni oʻstirdik”, dedi Gundarov.

Eslatib oʻtamiz, 9-aprel holatiga koʻra Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 582 nafarni tashkil qilmoqda.