Koronavirus kasalligidan butunlay tuzalganlar borligi juda quvonarli holat. Biroq sobiq bemorlarda kasallikdan so‘ng noxush asoratlar qolmasmikan? Umuman o‘pka koronavirusdan keyin qanday ahvolga tushadi? Bugun shu haqda so‘z yuritamiz. Ayrim olimlarning fikricha, kasallikdan tuzalgan o‘pkada ish faoliyati birmuncha susayar ekan. 

O‘pka fibrozi – xavfli kasallik
COVID-19 pandemiyasi tugaganidan so‘ng kasallanib chiqqan bemorlarda nafas yetishmovchiligi kuzatiladi. Ayrimlarda hatto o‘pkani transplantatsiya qilishga ehtiyoj sezilib qolishi mumkin. Bu haqda 21-asr boshida SARS va MERS viruslari avj olganida aytib o‘tilgandi. Bu kasalliklarni ham koronavirus chaqiradi, biroq ulardan o‘pka ko‘proq zarar ko‘radi va o‘lim holati ham yuqori. O‘pka fibrozi (pnevmoskleroz) juda xavfli kasallikka aylanishi mumkin. Alveolalarning bog‘lovchi to‘qimalarida gaz almashinuvi buziladi – qonga kam miqdorda kislorod yetib boradi, qondan esa is gazi chiqib ketish faoliyati buziladi. Bu holat nafas yetishmovchiligi deb ataladi. 

Gohida kasallikdan o‘pkaning katta qismi zararlanishi mumkin. Buning eng katta sababi chekish hisoblanadi. Juda ko‘p chekuvchilarda pnevmoskleroz, albatta, bo‘ladi. Ba’zilarning o‘limiga ayni shu kasallik ham sabab bo‘lishi mumkin. Organizmga kislorod yetishmaydi, odam esa surunkali gipoksiyadan vafot etadi. 

Nafas qisilishi. Nima uchun idiopatik o‘pka fibrozi juda xavfli?
– Koronavirus keltirib chiqargan pnevmoniyadan keyin pnevmoskleroz paydo bo‘lishi mumkin, ammo aksariyat hollarda bu sog‘liqqa jiddiy ta’sir qilmaydi, deb tushuntiradi rossiyalik pulmonolog Andrey Malyavin. – O‘tkir respirator siqilish sindromidan keyin o‘pkada paydo bo‘ladigan bunday o‘zgarishlarda g‘ayritabiiy narsaning o‘zi yo‘q. Ular nafaqat koronavirusdan, balki har qanday virusli pnevmoniya, masalan, grippdan keyin ham paydo bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, o‘pka to‘qimalarining zararlangan joylari ishdan chiqishi mumkin, ulardagi gaz almashinuvi kamayadi, ammo bu nafas olishga jiddiy ta’sir qilmaydi. O‘pkamizning ish qobiliyati juda yuqori va bu hol o‘pkaga kislorod so‘rilishining kamayishiga olib kelmaydi.

“Hammamiz o‘lamiz, deb o‘ylagan edik”
O‘pka shikastlanishini yengillashtirish uchun nafas olish mashqlarini bajarish lozim. Buteyko yoki Strelnikova nazariyasiga ko‘ra, sizga klassik nafas mashqlari yoki hindlarning pranayama usuli yordam beradi. Bunday mashqlar tufayli o‘pkaning barcha qismlariga kislorod yaxshi yetib boradi. Ko‘p odamlar o‘pkasining yuqori va pastki qismlariga havo yetib borishi zaiflashadi. Nafas olishda o‘pkangizda qarshilik va tebranish bo‘lsa, nafas olish simulyatorlaridan foydalanishingiz mumkin. Ular nafas olishdan to‘xtagan joylarni tiklaydi, qon aylanishini yaxshilaydi va balg‘am ajralishini osonlashtiradi. Ushbu qurilmalar maxsus do‘konlarda sotiladi.

Qadimgi bobolarimiz usuli
Ba’zi bemorlar simulyator o‘rniga sharlarni puflaydilar – ular ham yaxshi nafas olishga yordam beradi va faol bo‘lmagan o‘pka bo‘limlarini uyg‘otib yuboradi. Bunday holatlarda pulmonologlar simulyator sotib olishning iloji bo‘lmasa, lateks sharlardan foydalanishni tavsiya etishadi. Ularning ta’siri yaxshiroq. Albatta, simulyatordan foydalanish eng maqbuldir, chunki u nafaqat nafas olishni, balki nafas yo‘llari orqali o‘pkaga yuboriladigan havo tebranishining ta’sirini ham yaratadi. Bu ta’sirni kuchaytiradi va reabilitatsiya jarayonini yana-da samarali qiladi.