Pandemiya keltirib chiqargan koronavirus rasmlarini internetda ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. Amerikalik biologlar esa shu SARS-CoV-2 oqsillarining tebranishlarini yozib olishdi va hosil bo‘lgan musiqani Soundcloud saytida e’lon qilishdi.

Tadqiqot guruhining rahbari Markus Byuler bu haqda shunday deydi:

“Siz tinglayotganingiz – ko‘p qatlamli algoritmik kompozitsiya bo‘lib, unda oqsilning tebranishlari spektrini ham, ritmik elementlarini ham, aminokislotalarning to‘qilgan tarona ko‘rinishida birikishlarini ham aks ettiradi”.

Koronavirusning ovozini mana bu havola orqali siz ham tinglab ko‘ring – u tovush chindan ham klassik musiqaga o‘xshaydi.