Ogayo universiteti (AQSh) tadqiqotchisi Sanja Ilichning ta’kidlashicha,  COVID-19 oziq-ovqatlarda ko‘paymaydi. Virusga jonli organizm kerak. Bu haqda Ilich “MedicalXpress” nashriga ma’lum qildi.

Biroq, olim koronavirusni supermarket va do‘konlarda yuqtirib olish ehtimoli kattaligini  istisno qilmagan.

“Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun, muntazam qo‘lni antiseptik bilan tozalash, insonlardan 2 metr masofani saqlash lozim. Xarid qilib olingan meva-sabzavotlarni suvda yaxshilab yuvish zarur”, dedi u.

Mutaxassisning fikricha, do‘kondan buyurtma berishda katta xavf yo‘q. Sababi hozirgacha do‘kon va restoranlardan buyurtma qilingan oziq-ovqatlar orqali virus tarqalganligi aniqlanmagan.