Talabalardan boshlab siyosatchilargacha bo’lgan ko’pchilik insonlar koronavirus pandemiyasi borasidagi xavfli yolg’onlarga ishonib qolmoqda. Xo’sh, nega? Dezinformatsiyadan qutulish uchun nima qilish kerak?

Har bir katta miqyosda tarqalgan epidemiya o’zi bilan dezinformatsiyalar toshqinini olib keladi. XX asrning 80-90-yillarida biz insonlarning sog’liqni saqlash tizimiga bo’lgan ishonchsizliklari ko’p bora ko’rdik. Yangi viruslar hukumatlar tomonidan yaratilganligi-yu, oddiy echkining suti ularga da’vo bo’la olishi haqidagi xabarlar bunga yaqqol misol bo’la oladi.

Hozirgi pandemiya davrida esa biz COVID-19 infeksiyasidan qanday tuzalish yoki yuqtirmaslik borasidagi ko’plab yolg’on xabarlar domida qoldik. BBC fact-checking jamoalari va JSSTning sahifalarida bu xabarlarga qarshi e’lon qilinayotgan maqolalarga qaramay, bu boradagi ko’plab feyk xabarlar asosan WhatsApp va Facebook tarmoqlarida urchib ketmoqda. Eronda bo’lgan voqealar, koronavirusga qarshi dori sifatida ta’kidlangan alkogol mahsulotlari tufayli bir necha o’nlab kishilarning o’limi misolida ko’rish mumkin-ki, bunday tasdiqlanmagan xabarlar yaxshi oqibat olib kelmaydi.
Hattoki dunyoning mashhur nashr va telekanallari ham pandemiya davrida ko’plab feyk xabarlarni tarqalishiga sabab bo’lib qolmoqda. Bu esa odamlar orasida vahimani juda kuchaytirmoqda. Baxtimizga psixologlar bu tushuncha, ya’ni feyk xabarlar tarqalishi borasida juda samarodorli izlanishlar olib borishmoqda.

Ma’lumotlar turlari


Bunday ma’lumotlarning ommaga tarqab ketishi borib-borib xabarning ko’rinishiga borib taqaladi. Ko’plab manbalarda ta’kidlanganidek, feyk xabarlarni tarqatuvchilar, ommani jalb qila oluvchi kichik uslublardan foydalanishadi. Bunga maqoladagi rasmlar, oddiy va sodda tilda yozilish va hayotiy hikoyalar keltirilishini misol qilishimiz mumkin.

Olimlarning ta’kidlashicha, xabarda shunchaki mazvuga doir rasmning bo’lishi ham insonda xabarni tarqatishga bo’lgan moyillikni oshiradi. Xabardagi rasm biror-bir ilmiy asos yoki dalilni anglatmasligi mumkin, ammo umumiy olib qaraganda, insonda xabarga bo’lgan ishonchni oshiradi. Shunday uslublar xabarning yozilishi uslubi va keltirilgan hayotiy hikoyalarda ham qo’llaniladi. Shu sababda, eng aqllilar ham bunday xabarlarga aldanib qolishi oddiy hol, desak mubolag’a bo’lmaydi. Ustiga ustak ma’lumotlarning haddan tashqari ortib ketishi ham uning tasdiqlanganini tekshirishga xohishni yo’qotadi. Shu sababdan bunday xabarlarga aldanib qolish juda oson.

O’ylamasdan ulashish


AQSHda o’tkazilgan so’rovnoma shuni ko’rsatmoqdaki, 10% hollarda insonlar xabarni o’qimay turib ham boshqalarga ulashib yuboradi. Bu esa borgan sari katta omma feyk yangilikga aldanishini anglatadi. Umuman olganda bu shuni anglatadiki, 10% insonlar xabarni yolg’onligini bilib turib uni ommaga ulashib yuborishi mumkin.
Yana ko’p hollarda esa odamlar xabarni tekshirish mas’uliyatini keyingi odamga berib yuboradi. Ular yozgan maktub “Bu xabar to’g’ri yoki noto’g’riligini bilmayman, ammo…” kabi ko’rinishda bo’ladi. Bu bilan ular o’zgalarni ham xatardan yoki haqiqatdan xabardor qilaman hisoblashadi, aslini olganda esa ular zarariga ishlagan bo’lishadi.

Xo’sh, keltirilgan misollardan kelib chiqib, bunday og’ir vaziyatda qanday qilib feyk xabarlardan qutulish mumkin?


Yana bir guruh izlanuvchilar shuni topishdiki, aynan bir turdagi insonlar o’zlarining refleksiv qabul qilish qobiliyatlari bilan o’zgalardan ajralib turar ekanlar. Aynan shu guruhdagi insonlarga feyk xabar yetib kelsa, ular darhol xabar tarqalishini to’xtata oladilar, ongli ravishda anglagan holda. Bunday qobiliyatni shakllantira olish uchun esa olimlar “Cognitive Reflection Test” (CRT), ya’ni mulohazani tezda aniqlash borasida anchagina izlanishlar qilishgan. Shu yerda aynan sizga, tezda xabarlarni sintezlay olishingiz borasida savol beraman:
Emilining otasini 3ta qizi bor. Ikki qizining ismi Aprel va May bo’lsa, uchinchi qizchaning ismini aytingchi? Ko’p hollarda kishilar Iyun deb javob berishadi. Bu esa xato, chunki qizchaning ismi Emili.


Xuddi shunday oddiy chalg’ituvchi uslublar bilan feyk xabarlar bizni aldashga yo’naltirilgan. Yuqoridagi savolga to’g’ri javob topganlar yangiliklarning to’g’ri yoki noto’g’riligi borasida ham tezda fikr yurita oladilar. Olimlar esa aynan shunday fikrlash qobiliyatini bizda shakllantirish maqsadida katta izlanishlar olib borishmoqda.


Xabarlar tarqalishini oldini olish


Ba’zi bir xabarlarni tezda sintezlay oluvchi o’qimishli va aqlli insonlarga tayangan holda biz dezinformatsiyalar tarqalishini oldini olishimiz kerak. Feyk xabarlarga ishonmasliklari uchun hukumat ko’proq faktlarga asoslangan va tasdiqlangan resurslarning ma’lumotlarini e’lon qilib borishi lozim. Biz yaxshiroq tushunishimiz uchun esa maqolalar ko’proq infografikalar va isbotlar bilan boyitilishi kerak.
Uyushmalar esa mif xabarlarni takror-takror aytishdan ko’ra, tasdiqlangan yangiliklarni tarqatishga asoslanishi kerak. Ha, bu har doim ham amalga oshavermaydi. Ammo ommaviy nashrlar va televideniyada yangiliklarning e’lon qilinishi eng yaxshi yo’l bo’lganligi uchun, bunday tashviqot uslubini yanada ommalashtirish zarur. Ijtimoiy tarmoqlar ham har kuni foydalanuvchilarga feyk xabarlardan saqlanish borasida eslatmalar ulashib turishi zarurdir.

BBC Future muhbiri David Robson maqolasidan foydalanilgan.
Abbazov Abdulaziz, Sirena