Bugun AOKA huzuridagi shtabda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

— Ipoteka bo‘yicha hozir notariuslarga murojaat qilsam bo‘ladimi? Karantin vaqtida ularga hujjatlarni qanday berish lozim?

Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etilishi munosabati bilan, 2020 yilning 25 martidan boshlab Notariuslarga murojaat qilish faqat kechiktirib bo‘lmaydigan zaruriyat yuzaga kelganda:

– vasiyatnoma,
– ishonchnoma,
– garov,
– ipoteka bo‘yicha e-notarius.uz sayti orqali tegishli notariusga hujjatlarni oldindan elektron shaklda taqdim etish va elektron navbatga yozilish orqali amalga oshiriladi.