Bir necha oylar avval Xitoyda aniqlangan COVID-19 virusi bugungi kunga kelib, Xitoyni tark etib butun dunyoni zirqiratmoqda. Koronavirusdan eng ko’p zarar ko’rayotgan AQSH va Yevropada esa hali beri kasallanishlar soni kamaymayapti. Shu sababli biz dunyoning mashhur nashrlari va OAV’laridan eng aktual yangiliklarni sizlarga yig’ib chiqdik.

▫️ John Hopkins universiteti taqdim etgan ma’lumotlarga ko’ra, 8-aprel soat 14:00 holatiga ko’ra dunyo bo’yicha 1 434 426 kishi infeksiya bilan kasallangan. 82 220 kishi vafot etgan bo’lsa, jami 301 768 kishi kasallikdan butunlay sog’aygan.
▫️ Ayni damda eng ko’p kasallanish qayd etilishi bo’yicha Nyu-York va Buyuk Britaniya yetakchi bo’lib turibdi. Yevropaning aksariyat hududlarida esa kasallanish soni kamaygani sezilmoqda – deb xabar bermoqda Bloomberg

▫️ Turkiya kasallanish davrining cho’qqisiga kelgan bo’lishi mumkin. Kunlik zararlanganlar soni 3000 nafardan oshib ketdi. Umumiy hisobda esa Turkiyada 34 mingdan ortiq fuqaro infeksiya bilan kasallangan.

▫️ Fransiyada epidemiya sababli vafot etganlar soni 10 ming nafardan oshib ketdi. Jahon OAV nashrlari ta’kidlashicha Fransiya kasallanishning ko’tarilish bosqichida bo’lishi mumkin.

▫️ Yana bir jahon tashkiloti bergan axborotga ko’ra butun dunyo hisobida 159 milliondan ortiq kishi o’z ishini yo’qotgan.

▫️ Jahon Sog’liqni Saqlash tashkiloti va “Dunyo fuqarolari” global harakati “Yagona dunyo: Hammamiz birga uyda qolamiz” loyihasini ishga tushirish ustida ish olib bormoqda. Bu global teleko’rsatuv 18-apreldan e’tiboran onlayn efirga uzatilishi ko’zda tutilgan.

▫️Eng oxirgi taqdim etilgan ma’lumotlarga qaraganda dunyo bo’yicha infeksiya bilan zararlanish holatlari so’nggi ikki kun davomida kamayishi sezilgan, ya’ni kunlik kasallanish darajasi pasayishi kuzatilmoqda.

Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdi-ki, barchamiz ongli ravishda karantin qoidalariga amal qilishni boshlasak bu virusni tez orada yengamiz.

Abbazov Abdulaziz tayyorladi