Oʻzbekistonda 2-may soat 23:00 holatiga koʻra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 5 kishiga koʻpayib, 2118 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda Sogʻliqni saqlash vazirligi.

Eslatib oʻtamiz, 2-may soat 19:00 holatiga koʻra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 2113 nafarni tashkil etayotgandi.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning toʻqqiz nafari vafot etdi, 1212 nafari esa sogʻaygan. 28-apreldan buyon sogʻayganlar soni ayni vaqtda kasallikdan davolanayotganlar sonidan koʻp boʻlib turibdi.