Avval ma’lum qilganimizdek, bugun AOKA shtabida Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Atabekov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Foto: SSV

Brifing davomida muhim savollarga javob qaytarildi.

Savol: Vakolatli tashkilotlar bir kunda zararlanganlarning soni keskin ortayotgani NIMA BILAN BOG‘LIQ ekani to‘g‘risidagi savolga javob berishlari mumkinmi? Bu vahimani ko‘paytirmoqda. Aynan qaysi karantin muassasasida ortish kuzatilmoqda?

Javob: Kasallanish sonining ortishi asosan karantinga olingan bemorlarda aniqlanayotgani bilan bog‘liq.

Avval ham ma’lum qilganimizdek, bugungi kunda uy sharoitida — 61 715 kishi, statsionar karantinda — 23 316 kishi karantinga olingan. Ularning barchasi koronavirus infeksiyasidan zararlangan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan yoki epidemik noxush vaziyatli mamlakatlar keltirilgan.

Vahimaga asos yo‘q. Mutaxassislar va jalb qilingan soha vakillari ishlashmoqda. Ularning har birlarining vazifalari aniq va ular rejaga ko‘ra o‘z ishlarini bajarishmoqda.