O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon 11-aprel kuni vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi. Shoir 73 yoshda edi.

Anvar Obidjon o‘zbek bolalalar adabiyotining zabardast vakili sanaladi. Undan bolalar uchun mo‘ljallangan o‘nlab she’riy va nasriy asarlar, qissa va dostonlar qoldi. «Ona yer, «Bahromning hikoyalari», «Olovjon va uning do‘stlari», «Yey, yorug‘ dunyo», «Bezgakshamol», «Alamazon va Gulmat», «Masxaraboz bola», «Juda qiziq voqea», «Yerliklar», «Oltin yurakli avtobola», «Dahshatli Meshpolvon» kabi she’riy va nasriy asarlar, «Qo‘ng‘iroqli yolg‘onchi», «Topsang hay-hay», «Qorinbotir», «To‘tiqul» kabi pesalar shular jumlasidan.

Adib 1997 yilda «Shuhrat» medali, 1998 yilda O‘zbekiston xalq shoiri unvoni, 2011 yilda «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlangan.