O‘zbekistonda shu vaqtgacha jami 61 666 kishi koronavirusga test topshirgan.

7 aprel kuni soat 23:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda jami 61 666 kishi koronavirusga test topshirgan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov brifingda ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, 7 aprel kunining o‘zida mamlakat bo‘ylab 5800ta laboratoriya tahlili o‘tkazilgan. Laboratoriya tahlillar barcha hududlarda amalga oshirilmoqda.

Bundan avvalroq, O‘zbekistonda koronavirusga tekshirish uchun mo‘ljallangan test zaxirasi 200 ming donadan ziyodroqni tashkil etishi ma’lum qilingandi. Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi axborotiga ko‘ra, aprel oyi yakuniga qadar mahalliy sharoitda 50 ming dona test ishlab chiqarilishi mo‘ljallangan.

  • 6 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 88 695 kishi karantin sharoitida saqlanayotgani xabar qilingandi, ulardan 67 mingdan ortig‘i uy sharoitida karantin kuzatuvida, 21 mingdan ortiq kishi mamlakatning turli nuqtalaridagi maxsus tayyorlangan tibbiyot muassasalarida statsionar sharoitda bo‘lib turibdi.