AOKA shtabida bo‘lib o‘tgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov ushbu savolga javob berdi:

“Epidemiya deb e’lon qilinishi uchun mavjud (istiqomat qilib turgan) aholining 1 foizdan ortiq qismi kasallangan bo‘lishi kerak. Bizda 34 million aholi bor. Qayd etilgan kasallik holati boshqa davlatlarga nisbatan solishtirganimizda juda ham past ko‘rsatkich deb hisoblanadi. Chunki ushbu kasallik dunyoda tarqalishni boshlagandan beri mamlakatimizda hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan profilaktik, epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar samarasi o‘laroq, bugungi kunda epidemiologik vaziyatning barqarorligi ta’minlanib turibdi”.