Sog’liqni Saqlash vazirligi xabar berishicha, 9-aprel soat 15:30 holatiga ko’ra O’zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar soni 582 taga yetdi. Bugun soat 10:00 da esa 555 ta holat qayd etilgan edi.

Birinchi bo’lib 15-mart kuni qayd etilgan virus, aprel oyining boshiga kelib tez ko’paya boshladi.

Ma’lumot uchun bugunga kelib bemorlarning 30 (5,1%) nafari to’liq tuzalgan va 3 nafar bemor vafot etgan.

Eslatib o’tamiz, zarurat bo’lmasa ko’chaga chiqmaslikni tavsiya etamiz.