Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 10-aprel Toshkent vaqti bilan soat 23:45 holatiga ko‘ra, 28 nafarga oshib, 669 kishiga yetganini ma’lum qildi.

Avvalroq 10-aprel Toshkent vaqti bilan soat 22:00 holatiga ko‘ra, kasallanganlar soni 17 nafarga oshib, 641 kishiga yetgani haqida xabar berilgandi.

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq dastlabki holat qayd etilganidan beri (15-martdan buyon) 42 kishi sog‘aydi, ayni vaqtda uch kishi (bir ayol va ikki erkak) koronavirus sabab vafot etdi.

O‘zbekistonda 4—7-aprel kunlari koronavirusga chalinish bilan bog‘liq holatlar ayniqsa ko‘p qayd etildi. Xususan, 6-aprel kuni 115 kishida koronavirus aniqlangan — bu kunlik rekord; shuningdek, 6-aprel soat 10:00 dan 7-aprel soat 15:00 gacha bo‘lgan oraliqda Buxoro (65 nafarga) va Qoraqalpog‘istonda (sakkiz barobarga) bemorlar soni keskin ko‘paygan.