O‘zbekistonda 11-aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan fuqarolar soni 38 nafarga oshib, 767 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq dastlabki holat qayd etilganidan beri (15-martdan buyon) 42 kishi sog‘aydi, uch kishi (bir ayol va ikki erkak) esa koronavirus sabab vafot etdi.