O‘zbekistonda 12-aprel soat 15:30 holatiga ko‘ra koronavirus yuqtirib olganlar soni 767 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq dastlabki holat qayd etilganidan beri (15-martdan buyon) 42 kishi sog‘aydi, 4 kishi koronavirus sabab vafot etdi.