O’zbekistonda qancha avtomobilga maxsus stiker berilganligi ochiqlandi. Adliya vazirligi huzuridagi “Huquqiy Axborot” telegram kanali bergan ma’lumotga ko’ra O’zbekistonda shahar va viloyatlar markazlarida harakatlanish uchun jami 33 011 ta avtoulovga ruxsat etilgan.

Davlat Xizmatlari Markaziga shu kungacha 194 704 ta murojaat kelib tushgan. Xabarda qayd etilishicha, shulardan 175 493 ta ariza bugungacha ko’rib chiqilgan. Yuqorida qayt etilganidek ko’rib chiqilgan arizalardan 33 011 ta (18,8%) murojaat qanoatlantirib, maxsus ruxsatnoma (stiker) berilgan. Qolgan arizalar esa (81,2%) belgilangan talablarga javob bermaganligi uchun rad etilgan. Hududlar kesimida qaraydigan bo’lsak, eng ko’p arizalar qabul qilingan hududlar Toshkent shahri (36,5%), Toshkent viloyati (8,6%) hamda Farg’ona viloyati (8,5%) bo’lib turibdi. 9-apreldan e’tiboran esa maxsus ruxsatnoma (stiker) olish uchun arizalar qabuli to’xtatildi.

Ma’lumot uchun, 30-mart sanasidan e’tiboran Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda viloyatlar markazlarida shaxsiy avtoulovdan foydalanishga cheklov qo’yilgan edi.