2020-yil 11-aprelda soat 04:22dan «Uzdigital TV», Kabel televideniye va IP-televideniye tarmoqlarida tarqatilayotgan ayrim xorijiy telekanallarda uzilishlar qayd etildi. Bu haqda AKT vazirligining axborot xizmati xabar bermoqda.

Xususan, «Perviy kanal», «Rossiya-1», NTV, «Zvezda», «Match TV», «Karusel», RU TV, «Muzika-pervogo», «Muz TV», ORT HD va TVS (bunda ORT HD va TVS faqatgina «Uzdigital TV» MChJ tarmog‘ida) xorijiy telekanallarining signallari yo‘qolishi kuzatilgan.

Hozirgi vaqtga qadar «Uzdigital TV», Kabel televideniye va IP-televideniye tarmoqlarida «Muz TV»,  RU TV telekanallari efiri tiklandi.

Shuningdek, «Uzdigital TV» tarmog‘ida «Perviy kanal», «Rossiya-1», NTV, «Zvezda» telekanallarini tarqatish ham tiklangan.

Boshqa telekanallarni tarqatishni tiklash bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda. Ushbu holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishi ma’lum qilingan.