Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Habibulla Oqilov koronavirusga chalinganlarni qon zardobi bilan davolash usulidan O‘zbekistonda foydalanish bo‘yicha vaziyatga aniqlik kiritdi.

«Biz xitoylik hamkasblarimiz tajribasini o‘rgandik va hozir O‘zbekiston  koronavirusga chalinganlarni qon zardobi orqali davolash usulidan foydalanishga tayyor. Lekin bu usuldan foydalanishga hali ehtiyoj bo‘lgani yo‘q», dedi Habibullo Oqilov AOKAda o‘tkazilgan brifingda.

Uning qayd etishicha, kasallanganlarni davolashda erishilayotgan samara asosan, karantin choralarining to‘g‘ri tashkil qilinayotgani bilan bog‘liq.