Xitoyning “Chanchun Yatay” klubi bosh murabbiyi Samvel Babayan Oʻzbekistonga insonparvarlik yordamini yubordi. Bu haqda murabbiy effect axborot agentligiga xabar bergan.

“Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda mamlakatimiz shifokorlari old qatorlarda bormoqda. Mazkur oliyjanob kasb egalarining fidokorona va professional faoliyati, profilaktika choralari sabab Oʻzbekistonda koronavirus tarqalib ketmasligi bilan bogʻliq vaziyat barqaror darajada, bu esa vaziyatni nazorat ostida ushlab turishga imkon beradi.

Albatta, bularning barchasi boshqa tuzilmalar va tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Bu yuk — infeksiyadan jabrlanganlarga yordam koʻrsatishda, shuningdek karantindagi odamlarni nazorat qilishda ishlayotgan shifokorlarimiz uchun zarur himoya vositalari va ekipirovkalaridir”, deydi Samvel Babayan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston terma jamoasining sobiq murabbiyi “Chanchun Yatay” klubini 2019-yil dekabr oyidan beri boshqarib kelmoqda. Avvalroq futbolchi Odil Ahmedov ham O’zbekistonga insonparvarlik yordam yuborgandi.