Bugun AOKA shtabida Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Atabekov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

— Xorazm viloyatidagi harbiy qismda koronavirus bo‘yicha epidemiologik vaziyat noxush bo‘lgan davlatlardan keltirilgan odamlar karantinga joylashtirilgani, keyin shu karantindagilar orasida kasallik tarqab ketgani haqida ma’lumot bor. Shularning taqdiri nima bo‘ldi?

— Joriy yilning 22 mart kuni Moskva – Urganch (239 nafar) va Novosibirsk – Urganch (253 nafar) yo‘nalishidagi charter aviareyslarida jami — 492 nafar fuqaro Shovot tumanida joylashgan 49093-sonli harbiy qismda karantin gospitaliga joylashtirildi.

Joriy yilning 23-24 mart kunlari ushbu harbiy qismdagi karantin punktida 492 nafar fuqarodan “Covid-2019” koronovirus kasalligini aniqlash maqsadida namunalar tekshirish uchun olindi.

2020 yil 25-27 mart kunlari virusologik tekshiruvlar natijasiga asosan, 7 nafar musbat natija qayd qilindi va u yerdagilar “Yoshlar” va “Hayot-NN” mehmonxonalari, Xonqa sanotoriyasiga, TTA Urganch filiali klinikasiga, TATU Urganch filiali yotoqhonasiga ko‘chirildi.

Hozir harbiy qismda fuqarolar qolmagan.