«Barselona» prezidenti Jozep Bartomeu va klubning bir necha rahbarlari orasida nizo kelib chiqdi. 

AS xabariga ko‘ra, mulozim 3 oy oldin tayinlangan vitse-prezident 
Emili Ruso va boshqa rahbarlarning lavozimini tark etishini istayapti.

Katta ehtimol bilan ular Bartomeuning siyosatini qo‘llab-quvvatlamayapti. Shu sababli barchasi o‘z lavozimidan ajrashi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Barselona» klubi rahbariyati va futbolchilari o‘rtasida maoshlarning qisqarishi bo‘yicha nizo kelib chiqqan edi. Oxir-oqibatda futbolchilar rahbariyatning maoshlarni 70 foizga qisqartirish haqidagi taklifiga rozi bo‘lishgan edi.