UFC prezidenti Dana Uayt bergan xabarnomaga ko’ra, juda ko’p qilingan ishlarga qaramasdan eng yuqori darajadan bo’lgan qo’ng’iroqdan so’ng Dana jangni bekor qilishga majbur bo’lgan.

Promotion kompaniyalar 2 oy avval janglarni o’tkazish uchun orolni ijaraga olganlarini xabar berishgan edi. Jang Hindiston rezervatsiyalaridan birida joylashgan kazinoda o’tkazilishi kerak bo’lgan. Ammo koronavirus pandemiyasi tufayli bekor bo’lmay turgan yagona turnir ham bekor bo’ldi.

Eslatib o’tish joizki, bir necha kun avval Xabib Nurmagomedov asosiy jangda Toni Fergyusonga qarshi kurasha olmasligini e’lon qilgan edi, bunga asosiy sabab Rossiyada chegaralar yopilishi deb keltirilgan edi. Ammo bunga qaramay Dana Uayt Toniga raqib topishga muvaffaq bo’lgan edi. Ma’lumot uchun, jang eng yaqin muddatda o’tkazilishi ta’kidlangan.

Abbazov Abdulaziz