“Yuventus” hujumchisi Paulo Dibala va uning sevgan qizi Oriana Sabatini hali hanuz koronavirusdan xalos bo‘la olmadi.

21-mart kuni Dibala va Oriana koronavirus yuqtirib olgani ma’lum bo‘lgandi. Bir necha kun avval juftlikning qon tahlili virus yo‘qligini ko‘rsatgan. Biroq uchinchi tahlil natijalari yana koronavirusga ijobiy natija bergan.

“21-mart kuni birinchi testdan o‘tdik va u ijobiy natijani berdi. Uch kun avval biz yana tahlil topshirdik, u infeksiya yo‘qolganini ko‘rsatdi. Uchinchi ko‘rikdan ham o‘tdik — yana qoniqarli. Bizda hali hanuz koronavirus bor. Bu qanday ishlashini va tahlillar nima sababdan turlicha chiqqanini bilmayman”, — deydi Oriana.

Dibaladan tashqari “Yuventus”ning yana ikki nafar futbolchisi — Blez Matyuidi va Daniele Ruganida ham koronavirus infeksiyasi aniqlangandi.

Italiyada koronavirus yuqtirib olganlar soni 124 mingdan ortdi. 15 mingdan ortiq kishi vafot etgan.