Maradona va narkotik moddalar

Narkotik bilan bog‘liq mummo haqida

Men hech narsani his qilmay qo‘ydim. Xuddi tirik murda singari! Men futbol o‘ynab yurgan chog‘larim narkotik qabul qilganman. Shunday bo‘lsa-da, bu yana-da kuchliroq bo‘lish uchun emas edi. Eslab qoling, agar kokain isteʼmol qilgan xolda professional futbolchilik faoliyatini olib borishning iloji yo‘q. Bunday insonlar tez orada maydonga tushaolmay qolishadi. U sizning barcha kuch-quvvatingizni sug‘urib oladi. Afsuski, bu modda sizga va hayotingizga nisbatan juda beshavqat!

Birinchi bor

Ilk bor 1982-yilda Yevropada narkotik bilan to‘qnash kelganmiz. O‘shanda 22 yoshda edim. Men uchun bu o‘zimni tirik his etishimga yetarli bo‘ldi. Shunday bo‘lsada, men narkotik moddalarni atayin emas, shunchaki o‘sha davrda futbol olamidagi barcha qabul qilgani uchun tatib ko‘rganman.

Eng alamli daqiqalar

Eng achinarli shundaki, meni qizim Dalma og‘uni qabul qilayotgan chog‘imda ko‘rib qolgan. Men yuvinish honasiga kirib, chiroqni o‘chirib qo‘ydim. Shu payt qizim xavotirlanib eshikni taqillatib qoldi. Qo‘rqib ketdim. O‘zimni juda yomon his eta boshladim. Ana shunda tushknib yetdimki, giyohvand kimsa barchaning nazdida giyohvandligicha qolib ketadi. Afsuski, ular barchasini tashlagan taqdirida ham tobelik uni tark etmasligini hamma yaxshi anglab turadi. Aynan shu vaj sababli ularni hech qachon kechirishmaydi!

Maradona va janjallar

Avtomatdan otilgan o‘q

1994-yilda bo‘lib o‘tgan JCH chog‘ida, argentinalik afsonaning qonidan narkotik moddalar aniqlanadi. Oqibatda, futbolchi musobaqadan chetlatiladi…

“Menga musobaqadan chetlatilganim haqida aytishganida, g‘azabdan yorilib ketay dedim. Nima qilishni bilmay qoldim. To‘g‘ri uyga ravona bo‘ldim. O‘sha oqshom uy atrofini jurnalistlar o‘rab oldi. Ruhan tushkun kayfiyatda bo‘lganim bois ularni ko‘rishni istamadim. Aksiga olib jurnalistlar uyim atrofi ko‘paya boshladi. Keyin g‘azab otiga mingancha qurolimni olib chiqib ularga qarata o‘q uzdim. Tan olishim kerak. O‘sha kuni sira o‘zimga o‘xshamadim”.

Maradonaning jurnalistlarga otgan o‘qidan hech kim vafot etmagan bo‘lsa-da, 4 kishi tan jarohati bilan shifoxonaga yuboriladi. Uning bu qilig‘i sababli davom etgan sud jarayoni 5 yilga cho‘zilgan bo‘lsada, futbolchi suvdan quruq chiqadi.

Maradona barchaga qarshi

Lionel Messi

Har uchrashuv oldidan 20 bor hojatxonaga kirib chiquvchi sardordan foyda yo‘q. Hech kim Messining qadrli futbolchi ekanligini rad etayotgani yo‘q. Shunchaki u eng zo‘r futbolchi emas!

Ronaldu

Krishtianu ko‘p gol kiritadi va sizga soch yuvish vositalarini sotadi. O‘ylashimcha,u ajoyib biznesmen!

Ronaldu va Messi

Tan olaman, Ronalduning argentinalik bo‘lib qolishini juda istaganman. Shunga qaramay, bizda u singari Gabriyel Batistuta ismli futbolchi bo‘lgan. Shunday ekan, menga Messi ko‘proq yoqishda davom etadi.

Siyosat

Jorj Bush – U qotil! U bilan do‘st bo‘lishdan ko‘ra Fidel Kastro bilan aloqa o‘rnatgan maʼqul.

Donald Trapm – U hech qanday prezident emas. Shunchaki qo‘g‘irchoq xolos!

Qachonlardir Amerikaga sayohat qilmoqchi edim. Afsuski, meni termosni eslatuvchi Bill Klinton AQSHga kirishimni istamagan.

Pele

Pelega ayting. Iltimos u o‘zi ochgan muzeyga qaytsin! Uning Neymar Messidan kuchliroq deganini eshitdingizmi? Buva o‘ylashimcha dorilarini o‘z vaqtida ichmayapti. Yosh o‘z taʼsirini ko‘rsatayotgan ko‘rinadi. U 20 yildan beri aytarli hech qanday karomat ko‘rsatgani yo‘q. Siz uni hatto supermarketda ham uchraymaysiz! Pele faqat FIFA prezidentlari tashkillashtiradigan bazmlardagina ko‘rinish beradi. Uning harakatlari menga qo‘g‘irchoqni eslatib yubormoqda.

Argentina futboli

Menimcha,AFA qarorgohini portlatib yuborish kerak. Ana shundagina Argentina futbolini noldan qurish mumkin.

Joze Avelnj (FIFAning 1974-88-yillar oralig‘idagi prezidenti)

Bilishimcha, u hech qachon futbol o‘ynamangan. Shunchaki suv polosi bilan shug‘ullangan xolos.

“Real Madrid”

Joze Mourinyo kelguniga qadar “Real Madrid” maishatxonaga aylanib bo‘lgan edi. U barchasini tiklagachgina jamoa sovrin yutishni boshladi!

Manba: Stadion.uz