“PSJ” forvardi Kilian Mbappe mavsum yakunida jamoadan ketmaydi.

Buni klub prezidenti Katar amiri Tamim bin Xamad Al-Tani French L’Equipe nashriga aytib o’tdi.

“Shamol, qor yoki yomg’ir yog’ishi mumkin, ammo Mbappe qoladi”, – deydi amir. Eslatib o’tamiz, Mbappega “Real” qiziqish bildirayotgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2022-yilda yakuniga yetadi.