“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy masofalanish qoidalarini buzdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Ronaldu jiyani Alisaning tug‘ilgan kunida qatnashgani tasvirlagan video paydo bo‘ldi.

Madeyrada bo‘lib o‘tgan bayramda kamida 18 nafar kishi qatnashgan — buni videodan bilish mumkin. Xonadonda bo‘lib o‘tgan tadbirda Ronalduning onasi, mart oyi boshida yurak xurujini boshdan kechirgan Doloresh Aveyru ham bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 9-martdan buyon oilasi bilan Madeyradagi uyida izolyatsiyada bo‘lib turibdi.