“Manchester Siti” ustozi Xosep Gvardiolaning onasi 82 yoshida vafot etdi. Bu haqida “shaharliklar”ning Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berildi.

Dolores Sala Karrio Barselonada 82 yoshida koronavirusdan vafot etgan.

“Ushbu qayg‘uli kunda Pep Gvardiolaga klubning barcha vakillari chuqur hamdardlik bildiradi”, — deyiladi “Siti”ning xabarida.

Avvalroq Gvardiolaning Kataloniyadagi shifoxonalarga koronavirus bilan kurash uchun 1 million yevro xayriya qilgani haqida xabar berilgandi.